3D-reja — kelajak tabassumingizning aniq modeli

Davolanish boshlanmasidan oldin tabassumingizni qanday shakllantiramiz

Tasavvur qiling: siz hali birinchi elaynerni taqmasdan turib, davolanishdan keyingi tabassumingizni ko‘rishingiz mumkin.

3D-rejalashtirish — bu har bir tishni 0,1 mm aniqlikda va 1° burilishgacha hisoblab, bosqichma-bosqich harakatini modellashtirish imkonini beruvchi texnologiyadir. Bemor — kelajakdagi natijani aniq vizual ko‘rinishda oladi, shifokor esa — har bir bosqichni to‘liq nazorat qiladi. Bu — davolanish taxmin bilan emas, aniq xarita asosida olib boriladi, degani.

Ma’lumot yig‘ish va tishlarni skanerlash
Biz intraoral 3D-skaner yordamida yoki aniq silikonli qolip asosida ma’lumot to‘playmiz — va bu ma`lumotlar keyinchalik raqamlashtiriladi. Skan natijasida quyidagilar aniq qayd etiladi: tishlarning shakli, tishlash va jag‘larning yopilishi, individual anatomik xususiyatlar.
Kengaytirilgan diagnostika
Bemorning yuzi va og‘iz ichki holatining fotoprotokoli olinadi. OPTG ± TRG yoki KT (rentgen) orqali suyak tuzilmalari, ildizlarning joylashuvi va parodont holati baholanadi. Tishlash tahlil qilinadi: tishlar siqilganmi, oraliqlar bormi, simmetriya buzilganmi — barchasi aniqlanadi.
Kelajak tabassumingizni modellashtirish
Ortodontik dasturda shifokor har bir tishni virtual ravishda harakatlantiradi. Bu jarayonda biologik va biomexanik chegaralar, shuningdek yuz estetikasi inobatga olinadi. Zaruratga qarab qo‘shimcha muolajalar rejalashtiriladi: atachmentlar, IPR, elastiklar, ayrim holatlarda mikroimplantlar.
Virtual taqqoslash
Bemor ekran orqali ikki variantni ko‘radi: hozirgi holat va davolanishdan keyingi natija. O‘rtadagi bosqichlarni, profil o‘zgarishini, tabassum chizig‘i va tish qatori kengligidagi farqni ham baholash mumkin bo‘ladi.
Tasdiqlash va elaynerlar ishlab chiqarilishi
Davolash rejasi tasdiqlangach yoki kerak bo‘lsa o`zgartirishlar kiritilgandan so‘ng barcha ma’lumotlar laboratoriyaga uzatiladi. So‘ngra to‘liq elayner to‘plami yoki birinchi bosqich uchun elaynerlar tayyorlanadi.
3D-reja — bu shunchaki chiroyli tasvir emas. Bu — siz davolanish jarayonini to‘liq tushunishingiz va natijani oldindan ko‘rishingiz kafolati. 3D-reja sizni ilhomlantiradi, vaqtingizni tejaydi, kutilmagan holatlarni bartaraf etadi va butun jarayon ustidan nazoratni qo‘lingizda saqlashga yordam beradi.
Davolanishni boshlamasdan oldin tabassumingiz qanday ko‘rinishini ko‘rmoqchimisiz?
Konsultatsiyaga yoziling — biz sizga 3D-vizualizatsiya va aniq davolanish muddatini ko‘rsatamiz.
Kalajakka nazar
Ko`p beriladigan savollar
Made on
Tilda