- Elaynerlar faqat engil holatlarda yordam beradi
Elaynerlar — bugungi kunda tishlarni to‘g‘rilashda eng zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan usullardan biri. Shunga qaramay, ularning atrofida turli xil afsona va shubhalar paydo bo‘lgan: kimdir natijasiga ishonmaydi, boshqalar esa noqulaylikdan qo‘rqadi. Biz eng ko‘p tarqalgan noto‘g‘ri tushunchalarni ko‘rib chiqamiz va qaysi biri haqiqat, qaysi biri esa — yo‘q, aniq qilib tushuntiramiz.
2. Elaynerdagi natija breketnikidan yomonroq
Aslida hozirgi zamonaviy elayner tizimlari, jumladan Soff, tishlarning zich joylashuvi, oralig‘i (tremalar), ochiq, kesishgan, oldinga yoki orqaga siljigan holatlar, hatto tishlarning aylanishi kabi muammolarni ham davolay oladi.
Bularning barchasi 3D-reja, maxsus atachmentlar, IPR (tishlar orasini yupatish) va kerak bo‘lsa — elastik yoki mini-vintlar orqali amalga oshiriladi.
3. Elaynerlar juda qimmat
To‘g‘ri reja tuzilib, bemor tavsiya etilgan tartibda elaynerni taqsa, natija breketdagidek bo‘ladi.
Elaynerlar tishlarni bosqichma-bosqich va aniq hisoblangan tarzda harakatlantiradi. Har bir bosqich oldindan belgilangan rejaga muvofiq nazorat qilinadi. Kuniga 20–22 soat taqilsa va nazoratga o‘z vaqtida borilsa — natijaning aniqligi 98–100% gacha yetadi.
4. Elaynerlar bolalar uchun emas
Narx har doim holatga bog‘liq. Ba’zi yengil holatlarda elaynerlar breketlarga qaraganda qisqaroq davolash va kamroq tashrif talab qilinishi sababli arzonroq ham tushadi.
Breketlarda esa har 3–4 haftada shifokorga borish, simlarni sozlash kerak bo‘ladi. Elaynerda esa nazorat kamroq — o‘rtacha har 2–3 oyda bir marta.
5. Elaynerni taqish noqulay
Elaynerlar bolalarda 7–8 yoshdan boshlab ishlatilishi mumkin. Asosiysi — ko‘rsatma bo‘lishi va bola rejimga amal qila olishidir.
Yosh bemorlar uchun maxsus seriyalar bor — ular jag‘ o‘sishi va tish almashinishini inobatga oladi. Elaynerlar ayniqsa faol hayot tarziga ega va ko‘p odamlar oldida gapiradigan bolalar uchun qulay.
6. Elaynerlar emalni buzadi
Yangi kapa taqilganda dastlabki 1–2 kun davomida tishlar bosilayotgandek tuyulishi mumkin. Bu — tabiiy jarayon, keyin o‘tib ketadi.
Elaynerlar og‘izni tirnamaydi, o‘tkir joylari yo‘q, simlar yoki ligaturalar o‘rnatish shart emas. Shu sababli — ularni taqish ancha qulay.
7. Elaynerlar choy yoki kofedan sarg‘ayadi
To‘g‘ri parvarish qilinsa — hech qanday zarar bo‘lmaydi. Aksincha, breketlarga qaraganda xavf kamroq, chunki elaynerlar ovqat vaqtida olinadi, tishlar odatdagidek tozalanadi.
Muammo faqat gigiyena qoidalariga amal qilinmasa paydo bo‘lishi mumkin.
8. Elayner natijasini uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi
Aslida elaynerlar toza tishlarga taqiladi va ular bilan faqat suv ichish mumkin. Shu tartibga amal qilinsa, kapalar o‘z shaffofligini butun muddat davomida saqlab qoladi.
Agar kapada choy, kofe yoki boshqa rangli ichimliklar ichilsa — ha, sarg‘ayishi mumkin.
9. Elaynerlar breketlarga qaraganda kamroq mas`uliyat talab qiladi
Har qanday ortodontik davolashdan so‘ng natijani mustahkamlash kerak. Buning uchun retension moslamalar (reteynerlar) ishlatiladi.
Shifokor belgilagan retensiya tartibiga amal qilinsa, natijani butun umr saqlash mumkin.
10. Elaynerlar faqat oddiy harakatlarga qodir
Aksincha. Elaynerlar mas’uliyatli yondashuvni talab qiladi. Ularni kuniga kamida 20–22 soat taqish, faqat ovqat va tish tozalaganda yechish kerak.
Agar bu rejimga amal qilinmasa, tishlar kerakli joyiga bormaydi va davolash cho‘ziladi yoki qo‘shimcha kapalar kerak bo‘ladi.
Zamonaviy texnologiyalar — atachmentlar, elastiklar uchun kesiklar, kuchaytirilgan materiallar orqali murakkab harakatlar, ildizlarning burilishi, rotatsiyalar ham bajariladi.
Shifokor 3D-reja ichida tishlarning harakatini oldindan aniq rejalashtiradi va kerak bo‘lsa «ortiqcha to‘g‘rilash» (overcorrection) kiritadi. Natijada — davolash yakunida ideal natija olinadi.