Soff qanday ishlaydi

Yangi tabassumingiz sari aniq va ishonchli qadamlar
Tajribali shifokor nazoratida davolanish
Soff elaynerlari — bu oddiy shaffof kappalar emas, balki har bir bemor uchun alohida tuzilgan davolash rejasi, zamonaviy diagnostika va mutaxassis shifokor nazorati ostidagi individual yondashuvdir.
Biz faqat malakali va tajribali ortodontlar bilan ishlaymiz, chunki biz uchun har bir bosqichda xavfsizlik, aniq prognoz va yuqori natija muhim.
Shu yondashuv tufayli Soff bilan davolanish ishonchli, tushunarli va samarali bo‘ladi.
Soff bilan orzuingizdagi tabassumingiz sari yo`lingiz
  • 1. Shifokor qabuli

    Qabulda ortodont tishlaringizni ko‘rib chiqadi, diagnostika o‘tkazadi va 3D-skaner yordamida tishlaringiz raqamli nusxasini yaratadi.

    Siz davolanish natijasi, muddati va to‘lov imkoniyatlarini muhokama qilasiz.

  • 2. Shaxsiy 3D-reja

    Skanerlash natijalari asosida sizning tish tuzilishingizga to‘liq mos keladigan raqamli davolash reja yaratiladi.

    Unda siz har bir bosqichni, tishlarning qanday va qachon harakatlanishini, hamda yakuniy natijani davolanish boshlanmasidan oldin ko‘rishingiz mumkin.

  • 3. Davolanish boshlanishi

    Sizning tishingiz uchun maxsus tayyorlangan Soff elaynerlari ishlab chiqariladi. Shifokor sizga boshlang‘ich to‘plamni topshiradi va ularni qanday to‘g‘ri taqish kerakligini tushuntiradi.

    Keyinchalik esa — belgilangan muddatlarda muntazam nazorat vizitlari bo‘lib o‘tadi.

Shu sababli Soff faqat malakali, sertifikatlangan ortodontlar va stomatologlar orqali ishlaydi. Elaynerlar bilan davolanish shifokor nazorati ostida olib boriladi, bu esa: – asoratlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, – kutilmagan holatlarda tezkor choralar ko‘rishga imkon beradi. Mutaxassis doimo yoningizda — agar kerak bo‘lsa, reja o‘zgartiriladi yoki qo‘shimcha yordam ko‘rsatiladi. Davolashni rejalashtirishda shifokor quyidagi omillarni chuqur tahlil qiladi: tishlar va ularning ildizlarining joylashuvi, suyak to‘qimasining sifati va hajmi, milklar holati, yuzning simmetriyasi va tishlashning umumiy barqarorligi. Bu yondashuv nafaqat chiroyli natijani, balki uzoq muddatli tish sog‘lig‘ini ta’minlaydi.

Har bir bosqichda xavfsizlik va to‘liq nazorat

Tishlarni tekislash — bu faqat tashqi ko‘rinish emas. Bu kompleks davolash jarayoni bo‘lib, u tish ildizlari, suyak to‘qimalari, milkalar, yuz profili va tishlash barqarorligini o‘z ichiga oladi. Shu sababli Soff faqat malakali, sertifikatlangan ortodontlar va stomatologlar orqali ishlaydi.

Tabassumingizni kashf eting
Go‘zal tabassumingiz sari birinchi qadamingizni bugunoq tashlang
Made on
Tilda