Shaxsiy yondashuv
Dastlabki konsultatsiyada ortodont sizning tish va milklaringiz holatini baholaydi, 3D-skanerlash orqali raqamli model yaratadi va faqat sizga moslashtirilgan davolash rejasini tuzadi. Siz oldindan har bir bosqichda tabassumingiz qanday o‘zgarishini ko‘rib chiqish imkoniyatiga ega bo`lasiz
Doimiy tibbiy kuzatuv
Davolanish davomida sizning shifokoringiz doimo aloqada bo‘ladi, har bir bosqichni nazorat qiladi va kerak bo‘lsa o‘z vaqtida tuzatishlar kiritadi. Bu faqat tashqi ko‘rinish emas — biz tabassumingiz sog‘lom va barqaror bo‘lishi uchun ishlaymiz.
Aniq natija
Davolanish boshlanishidan oldin siz yakuniy natijaning qanday bo‘lishini aniq bilib olasiz. Biz raqamli texnologiyalarga asoslangan aniq hisob-kitoblardan foydalanamiz, shuning uchun sizni kutilmagan holatlar emas, balki go‘zal va sog‘lom tabassum kutadi.