Ko‘zga ko‘rinmas jarayon, ko‘rinadigan natija
SOFF — mukammal tabassumingiz sari ishonchli yo‘lingiz

Nega Soff elaynerlari — aqlli tanlov?

Dunyo standartlari — endi o‘zimizda: shaffoflik, qulaylik va aniqlik har bir kappada.
Shaffof va deyarli ko‘zga ko‘rinmas
Soff elaynerlarimiz 3‑qatlamli 0,8 mm dan ham yupqa poliuretan materialidan Germaniya texnologiyalari asosida ishlab chiqariladi.
Natija: kristalldek tiniq, kundalik muloqotda deyarli sezilmaydigan kappalar.
Hatto har kuni qahva yoki choy iste’mol qilganingizda ham, Soff elaynerlari uzoq vaqt davomida sofligini va shaffofligini yo‘qotmaydi — oddiy variantlarga qaraganda ancha chidamli.
Biz zamonaviy CAD/CAM texnologiyalari va aniq 3D-printerlar yordamida davolash rejasini mukammal modellashtiramiz. Bu esa tishlar oldindan belgilangan yo‘nalishda harakatlanishini ta’minlaydi — ortiqcha tuzatishlarsiz va cho‘zilishlarsiz.

SOFF elaynerlari kichik estetik o‘zgarishlar uchun ham, murakkab klinik holatlar uchun ham samarali yechimdir.
Texnologiyalar bilan isbotlangan samaradorlik
Haqiqiy qulaylik
Silliq, jilolangan chetlar — bu nafaqat estetik, balki tishlaringiz va milklaringiz uchun haqiqiy qulaylikdir, hech qanday tirnash, bosim yoki noqulayliklarsiz.

Har bir kappa faqat siz uchun, 3D-reja asosida aniq ishlab chiqiladi, shuning uchun davolanish yumshoq, ishonchli va samarali tarzda amalga oshadi.
Soff alignerlari quyidagi tish va tishlash muammolarini tuzatishda samarali qo‘llaniladi: tishlarning siqilish holati (skuchennost), tremalar (tishlar orasidagi bo‘shliqlar), ochiq tishlash (open bite), mezial tishlash (oldinga surilgan pastki jag‘), distal tishlash (orqaga surilgan pastki jag‘), kesishgan tishlar (crossbite) va boshqa turdagi tish va tishlash anomaliyalari
Milliy sifat — xalqaro darajada
Biz — jahon standartlariga mos milliy elayner brendimiz.

Tez tayyorlanadi — chetdan yetkazilishini kutmaysiz
Qulay narx — import uchun ortiqcha to‘lovlarsiz
O‘z tilingizda qo‘llab-quvvatlash — siz har doim biz bilan aloqada bo‘lasiz
Davolanish mutaxassis nazorati ostida
Tabassumingizni kashf eting
Go‘zal tabassumingiz sari birinchi qadamingizni bugunoq tashlang
Made on
Tilda