Hammasini ochiq va professional tarzda tahlil qilamiz

Elayner yoki breket — qaysi biri sizga mos?

Ikki xil yo‘l — bitta maqsad
Tishlashni tuzatish — bu nafaqat go‘zallik, balki tishlar, bo‘g‘imlar va butun organizm salomatligi uchun ham muhim jarayon.
Bugungi kunda bemorlar ikki asosiy yo‘l orasida tanlov qiladi: klassik breketlar yoki zamonaviy elaynerlar.
Ikkalasi ham ishlaydi, lekin ularning ishlash mexanizmi, qulayligi va kundalik hayotga ta’siri har xil.
Keling, tafsilotlarga to‘xtalamiz.
Soff elaynerlari nima?
Asosiy parametrlar bo'yicha elayner va breket farqlari
SOFF elaynerlar — bu ko‘p qatlamli elastomer poliuretan materialdan Germaniya texnologiyalari asosida tayyorlangan, har bir bemor uchun alohida ishlab chiqiladigan shaffof kappalar bo‘lib, tishlarni bosqichma-bosqich harakatlantiradi. Davolanish bir nechta kappalar to‘plami orqali olib boriladi: har bir yangi kappa tishlarni juda kichik, ammo aniq masofaga siljitadi. Har bir harakat va unga ta’sir qiluvchi kuchlar oldindan tuzilgan davolash rejasiga asoslanib hisoblab chiqiladi. Shu sababli, elaynerlarda davolanish yumshoq, xavfsiz va samarali tarzda kechadi.
Elaynerlar tishlarni qanday tekislaydi?
Davolanish 3D-skanerlash va jag‘-tish tizimining kompyuter modeli yaratishdan boshlanadi. Ekranda tishlarning harakatlanish jarayoni va yakuniy natijani oldindan ko‘rish mumkin bo‘ladi. Reja tasdiqlangach, kappalar to‘plami ishlab chiqariladi — har bir kappa 7–14 kun davomida taqiladi va tishlarni asta-sekin kerakli holatga olib keladi.
Parametr Breketlar Soff elaynerlar
Ko‘rinish Metall yoki keramika braketi tabassumda ko‘rinadi Shaffof kappar, deyarli bilinmaydi
Estetika Yuqori darajada ko‘rinadi Minimal ko‘rinish
Yosh cheklovi 12–14 yoshdan 7 yoshdan (ko‘rsatmaga ko‘ra)
Materialga allergiya Bo‘lishi mumkin (metallga) Yo‘q
3D-rejalashtirish Yo‘q Ha, natija davolanishdan oldin ko‘rsatiladi
Murakkab holatlar Mos keladi Aksariyat holatlarda mos keladi
Tayyorlash muddati 2–3 kun 5–7 kun
O‘rnatish vaqti 2–3 soat 45–60 daqiqa
Og‘riqsizlantirish Kerak emas Kerak emas
Davolanish muddati 12–24 oy 4–18 oy
Shifokorga tashriflar Har 3–4 haftada Har 2–3 oyda
Yechib olish imkoni Yo‘q Ha, ovqatlanish va gigiyena uchun
Karies xavfi Braket atrofini tozalash qiyinligi sababli yuqori To‘g‘ri parvarish bilan minimal
Qulaylik Og‘iz shilliq qavatini tirnashi mumkin Silliq chetlar, hech qanday o‘tkir qismlar yo‘q
Boshlanishdagi og‘riq Dastlabki kunlarda kuchli sezilishi mumkin Odatda engil bosim sifatida seziladi
Nutqqa ta’siri Ba’zida halal beradi Minimal ta’sir
Gigiyena Murakkab: maxsus cho‘tka va irrigator talab qilinadi Oddiy tish tozaligi; kappar alohida yuviladi
Parhez Cheklovlar mavjud: yong‘oq, qattiq va yopishqoq ovqatlar yo‘q Cheklov yo‘q (ovqatlanishda kappar yechiladi)
Har ovqatdan keyin tozalash Ha, majburiy Oddiy ertalab-kechki gigiyena
Made on
Tilda