Nega elaynerlar faqat tishlarni emas, hayotni ham o‘zgartiradi?

Gap faqat chiroyli tabassum haqida emas. Bu — siz haqingizda birinchi taassurot, ishonch, hayot tarzingiz.
Ishonch — tishlardan boshlanadi
Bugungi dunyoda tabassum — bu siz haqingizdagi signal.Bu sizning vizitkangiz, o‘zingizga bo‘lgan munosabatingiz, ishga yondashuvingiz. Haqiqat shuki — odamlar birinchi navbatda sizning tashqi ko‘rinishingizga, ayniqsa tabassumingizga qaraydi.
Tabassum va martaba
To‘g‘ri joylashmagan, siqilgan yoki rangi o‘zgargan tishlar — bu faqat estetik masala emas.
Ko‘pchilik bunday holatda tabassum qilishdan uyaladi, boshqalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘z urishtirishdan qochadi, o‘zini yopiq tutadi.
Vaqt o‘tishi bilan bu — oddiy odatga aylanadi: kulgini ushlab turish, his-tuyg‘ularni yashirish, faollikdan chetlashish.
Bu narsani odamlar tezda sezadi.
Bir kadrlar bo‘limi rahbari aytgan edi:
“Oldimga ikki diplom bilan kelgan odam bo‘lsa ham, agar tishlariga e’tibor qilinmagan bo‘lsa — men bu odam ishga ham shunaqa munosabatda bo‘ladi, deb o‘ylayman.”
Ishdagi uchrashuvlarda, intervyularda yoki oddiy yozishmalarda ham — ishonchli tabassum sizni ko‘taradi, emas, tushiradi.
Muvaffaqiyatli inson — har bir detalda tartibli. Tabassumi — shunchaki qiyofasi emas, uning ichki holati.
Shaxsiy hayotdagi ta`siri
Gollivud tabassumiga erishish imkoni
Muhabbat, do‘stlik, tanishuvlar — bularning bari ochiqlik talab qiladi. Lekin agar siz doim tabassumingizni yashirsangiz, o‘zingizni qanday ochasiz? Agar ko‘z bilan aloqa qilishdan cho‘chisangiz, qanday ishonch uyg‘otasiz? Elaynerlar bu qo‘rquvdan xalos bo‘lishingizga yordam beradi. Siz bemalol, ichingizdan kelgancha kulasiz. Bu — faqat tashqi o‘zgarish emas. Bu — ochiqlik.
Elaynerlar — bu ichki o‘zgarish kaliti
Siz Instagram’da yoki televizorda ko‘rib: “Ular omadli, menga nasib qilmagan” deb o‘ylashingiz mumkin. Lekin bu — omad emas. Bu — zamonaviy stomatologiya, aniq texnologiya va bemorning intizomi. Bugun esa bularning barchasi sizga ham ochiq: temir simlarsiz, ko‘zga tashlanmasdan, davolanishdan oldin 3D ko‘rinishda natijani ko‘rgan holda.
— Suhbatlarda ishonch bilan gapirish
— O‘zingizni erkin ifoda etish
— Suratga tushishda siqilmaslik
— Emotsiyalarni yashirishga hojat yo‘q
Bu — nafaqat tishlar haqida. Bu — siz qanday odamga aylanyapsiz, degan savolga javob.
Salomatlik
To‘g‘rilangan tishlar:
– karies va milk kasalliklari xavfini kamaytiradi
– chaynashda tishlarga teng taqsimlangan yuklama beradi
– tishlarning yeyilishi va yoriqlarning oldini oladi
Natijada siz faqat go‘zal tabassum emas, balki sog‘lom tishlar asosida qurilgan kelajakni ham olasiz.
Made on
Tilda