Soff bilan hamkorlik

Stomatologiyani birgalikda yangi bosqichga olib chiqamiz
Nega shifokorlar Soff’ni tanlaydi
  • Sizning talablaringizga mos texnologiyalar
    3D-rejalashtirish, tishlarning oldindan hisoblangan harakati, zamonaviy materiallar va har bir bosqichda to‘liq shaffoflik
  • Keng klinik imkoniyatlar
    Oddiy holatlardan tortib murakkab ortodontik muammolargacha
  • Xorijiy standart asosida mahalliy ishlab chiqarish
    Elaynerlar o‘zimizda tayyorlanadi, butun O‘zbekiston bo‘ylab tez va kechikishlarsiz yetkaziladi
  • Individual yondashuv
    savollarga tezkor javoblar, rejalarga o‘z vaqtida tuzatishlar va sizning davolash strategiyangizga moslashgan to‘liq hamkorlik.
Biz qanday ishlaymiz
Hamkor sifatida ro‘yxatdan o‘tasiz
Qisqa ariza to‘ldirasiz — biz siz uchun shaxsiy kabinet ochamiz va barcha kerakli imkoniyatlarga kirish huquqini taqdim etamiz.
O‘qitish va protokollar
Soff elaynerlari bilan ishlash bo‘yicha to‘liq qo‘llanma beramiz: diagnostikadan boshlab, skan yoki qolip olish, rejalashtirish va bemorga topshirishgacha bo‘lgan butun jarayon bo‘yicha yo‘riqnoma.
Qulay buyurtma tizimi
Shaxsiy kabinet orqali siz skanlar, fotosuratlar va klinik holat bo‘yicha tavsif yuklaysiz.
3D-davolash rejasini ham shu yerda ko‘rib chiqasiz va tasdiqlaysiz.
Ishlab chiqarish va yetkazib berish
Reja tasdiqlangach, alignerlar o‘rtacha 5 ish kuni ichida tayyorlanadi.
Ular ishonchli, brendli qadoqda sizning klinikangizga yuboriladi.
Real vaqt rejimidagi qo‘llab-quvvatlash
Siz doim Soff texniklarimiz va koordinatorlarimiz bilan aloqada bo‘lasiz.
Tezkor tuzatishlar, klinik savollarga javoblar va zarur qo‘shimcha materiallar — barchasi yoningizda.
Made on
Tilda