Elaynerlar kuniga 20–22 soat davomida taqilishi kerak. Ularni faqat ovqatlanish va tish tozalash vaqtida yechish mumkin. "Chewies" — maxsus chaynash rezinkalarini kuniga 2–3 marta, har safar 5–10 daqiqa davomida ishlating. Bu elaynerlarning tishlarga yanada zich va to‘g‘ri joylashishini ta’minlaydi.
Har bir ovqatdan so‘ng tishlaringizni va elaynerlaringizni albatta tozalang — bu natijani tezroq va sog‘lomroq qilishga yordam beradi.